Пожалуйста, выберите Мобильная версия | Перейти к компьютерной версии

Iguzar.uz

 Забыли пароль?
 Регистрация
Меню
Поиск
Читали: 170|Ответов: 10

"O'glim senga aytaman" (T.Sodiqova blogi) [Скопировать ссылку]

Rank: 8Rank: 8

UID
46
Друзья
5
Посты
481
Темы
17
Деньги
807

Лучший постер

Rahmat oldi: 7
Tanbex oldi: 0
Опубликовано 27-1-2012 14:43:37 |Показать все сообщения
сообщение Zakovat изменено 27-1-2012 14:44

Ushbu mavzuda ma'rifatparvar ayol, elimiz suygan adiba Tursunoy Sodiqovaning "O'g'lim senga aytaman & Qizlarga atalgan so'zlar" kitobidan yigitlarimizga atalgan qimmatli nasihatlarini qo'yib boraman. Siz ham bu nasihatlarga o'z fikrlaringizni bildirishingiz mumkin.

Rank: 8Rank: 8

UID
46
Друзья
5
Посты
481
Темы
17
Деньги
807

Лучший постер

Rahmat oldi: 7
Tanbex oldi: 0
Опубликовано 28-1-2012 10:39:07 |Показать все сообщения

Assalomu alaykum !

O'GLIM!

         Bu katta dunyoni ikkitagina ustun ushlab turadi - ERKAK va AYOL! Gar bu ustunlarning biri sal og'sa, dunyo muozanatini yo'qotadi, zamin zirillaydi. Demak, dunyoni tutib turish - bu ilm, uni har ikki toifaga o'rgatib borish esa ham qarz, ham farzdir.

         O'g'lonim, baxt va baxtiyorlikning soni ming bitta. Uning tusi ham, mazasi ham turfa va sonsizdir. Darvoqe, Baxtiyorlikning o'zi nima? Nazarimda uning eng sodda ta'rifi - QONIQISH. Senga taaluqli bo'lgan insonlar, muhit muhit va ishlaringdan ko'ngling to'lishidir. Ammo bu dunyoning hisob kitobi juda qattiq: bermaguningcha ololmaysan! Har bir inson - iqlim yaratuvchi manba, nur uzatsang, atrofing chaman bo'ladi, muzlab tursang, bahorni ham qishga aylantirasan. Demakki, baxtiyor bo'lish uchun avvalo o'zingni unga munosib ayla. Boshqacha qilib aytganda, BAXT SENGA TUHFA QILIB BERILMAYDI, YO'L TOPIB, UNING QOSHIGA O'ZING BORASAN.

         O'g'lon bolam, shu yo'lingda ko'makchi bo'laylik deb, ushbu risolani bitayapmiz.

Rank: 8Rank: 8

UID
46
Друзья
5
Посты
481
Темы
17
Деньги
807

Лучший постер

Rahmat oldi: 7
Tanbex oldi: 0
Опубликовано 28-1-2012 10:56:46 |Показать все сообщения

O'GIL FARZAND BO'LISH ILMI.

         Bizning o'zgartirib bo'lmaydigan, nasl belgisiga aylanib qolgan fe'llarimiz bordir. Uning ochiq aytadilar, qog'ozga bitmaydilar, Bu fe'l qonimizda aylanib yuradi. Ya'ni: ota-onaga, jigarlarga sadoqat borasida qiz bola o'g'il bolaga nisbatan bir necha bor ustivor kelsa-da, garchi uning umr degan murakkab yukning tortishdagi sabru qanoati, chidamliligi yigitlardan kuchli bo'lsa-da, o'zbek baribir o'g'il farzandni a'lo ko'radi. O'g'il ko'rgan kuni tomirlarining jami chigali yoziladi, o'pirilib turgan ko'ksi kuladi. O'g'il ko'rdim, endi nomim o'chmaydi, deydi u. Kun kelib, qazoyim yetsa, meni o'z qo'li bilan joyimga qo'yadigan egam keldi, deya ko'kli tinchlanadi. O'g'ilning qo'lidan yeydigan nonini eng beminnat deb biladi. Og'il tug'ilishi ota-onaning ko'ksiga umid daraxtini ekadi - endi eshigim yopilmaydi, chirog'im o'chmaydi, endi qizlarimning yo'qlovchisi, nabiralarimning himoyachisi bor, deb joni yayraydi.

       "O'g'il" degan so'zda umrbaxsh hosiyat haqqirost: yettinchi sinfdaligimdan boshlab qo'limga igna kirib, igna chiqib ota-onamni xursand qilishga intilardim. Biroz ulg'aygach, umr yo'ldoshimning baqamtiligida ularga qo'ylar so'yib, to'ylar qilibu uylar solib bergan paytlarimiz ham bo'ldi. Ammo ota-onam buni sukut bilan, hazinlik qabul qildilar, Men kutganday yayramadilar. Lekin o'g'il ukaginamni dastlabki maoshiga olib kelgan bir kilogina go'shtini dadam bir oy ta'riflaganlari esimda. Onamning yuzlaridan quyosh chiqib ketgani. O'g'ilginasini chappar urib erkalatganlari shundoqqina esimda! Demak, qiz boilaning ming so'midan og'il bolaning bir so'mi barakaliroq va tatimliroq bo'larkan. Elning "o'lim berganini o'yab yeyman, qizim berganini o'ylab" deganining ma'nosi shu ekan.

       Unday qarshi olishlar senga muborak bo'lsin, o'g'lonim! Ota-onang o'g'il so'rab, o'g'ilga yetdilar, ilohim. Endi ular o'g'ildan kutgan niyatlariga ham yetsinlar!

Rank: 8Rank: 8

UID
46
Друзья
5
Посты
481
Темы
17
Деньги
807

Лучший постер

Rahmat oldi: 7
Tanbex oldi: 0
Опубликовано 28-1-2012 11:10:03 |Показать все сообщения
                                                 *                  *                     *
          Yodingda bo'lsinki, "o'g'il" degani "nor-g'ul" degani! "Yigit" degani "burgut" degani va "o'g'lon" degani "polvon" deganidir! Boshqacha bo'lishga haqqing yo'q, balki polvon bo'lishing qiyindir, ammo polvonlikka intilishing shart, chunki sen o'zing tug'ilgan ostonaning boru yo'g'iga javob berasan. Mo'labing sabza urganidan boshlab, otang chetga chiqib, o'rtaga sen tushasan. Endi posbon o'zing, uyingdagilar boshiga qor-yomg'ir yog'dirmaydigan yopinchiq o'zing, ularning ko'cha ishlarini teng bo'lishadigan suyanchiq o'zingsan. Qomatingga, fe'lingga bir nazar sol-chi, shu yumushlarga yaraysanmi yo yo'q? O'g'il bolaning o'zi ham, so'zi ham yirik bo'lishi kerak! HAmma onasidan bir parcha et bo'lib tug'iladi. Oilangga qo'rg'on bo'lmoqqa BO'LIMLI bo'lishing kerak - buning uchun avvalo mushaklaringni yetiltir. Ayolingga, bolangga sorbonlikka yarash uchun ILIMLI bo'lishing kerak ekan, demak, birinchi uylanguningcha ilmli, hunarli bo'lib olishdir!

Rank: 8Rank: 8

UID
46
Друзья
5
Посты
481
Темы
17
Деньги
807

Лучший постер

Rahmat oldi: 7
Tanbex oldi: 0
Опубликовано 28-1-2012 11:17:13 |Показать все сообщения
сообщение Zakovat изменено 28-1-2012 11:18

                                                 *                  *                     *
        Og'lonim "sha'n" degan qimmatbaho so'z bor, uyda sen turib oilaning jismoniy ishlariga ota-onaning boshqalarga yukinishlari yoki sen turganda bolta, ketmon ko'tarib yurishlari, "biz yaroqsiz bola boqib qo'ydik, na qilaylik" deya seni el o'rtasida sazoyi qilishlari bilan tengdir.
        Seni butunlikka yetaklaydigan narsa "yigitmanmi, yigitday bo'lishim shart" degan ORIYATNI "SIZ"LAB O'TGIN! Bo'yingdan oriyating baland bo'lsin! O'g'il bolaning birinchi yarashig'i shu!

Rank: 8Rank: 8

UID
46
Друзья
5
Посты
481
Темы
17
Деньги
807

Лучший постер

Rahmat oldi: 7
Tanbex oldi: 0
Опубликовано 30-1-2012 10:34:57 |Показать все сообщения
сообщение Zakovat изменено 30-1-2012 10:35

                                                 *                  *                     *
         Yigit kishi ko'cha odamidir. Bu dunyoning ko'chada bitadigan eng og'ir ishlarini erkak bajaradi. Ko'chada yaxshiyu yomon ko'p. Yigit kishi qadamida ularga ro'baro'dir. Shuning uchun uning tafakkuri hamisha tahlilda bo'lishi kerak. Bir ko'zing bilan uyingni kuzat, bir ko'zing bilan ko'chani. Otang mehnatkash, uyim joyim deydigan bo'lsa, andozasini astoydil ol. Ammo sustroq bo'lsa, buni o'ziga pisanda qilma, lekin shu armon senga kuch bersin, ko'chadagi yaxshilarni sinchkovlik bilan o'rgan, tashqaridan o'rganganing bilan ichkaringni tuzat. Bu ishing har taraflama savob bo'lg'usi: avvalo otangning aybini yuvasan, qolaversa onangni armonini olasan! Va shu tarzda o'zingni yuksaltirib borasan. Luqmoni Hakimdan "Qanday qilib bunchalik darajada erishdingiz?" desalar, "Yomon ishlarning teskarisini qilib" deya javob bergan ekan. Ota-onaning xatolarini ko'zga surtib yurib tuzatmoq o'g'il farzandning ishidir. Sen og'rinmay shunday qilaver, rohatini o'g'lingdan ko'rasan...

Rank: 8Rank: 8

UID
46
Друзья
5
Посты
481
Темы
17
Деньги
807

Лучший постер

Rahmat oldi: 7
Tanbex oldi: 0
Опубликовано 30-1-2012 11:17:19 |Показать все сообщения
                                                 *                  *                     *
         O'g'lonim, o'nta barmog'ing o'nta shogird bolangdir - har birini har xil hunarga o'rgat. Otang boydir, kambag'aldir - hunar o'rganishdan uyalma. Hunarli yigit, qo'li qadoq yigit eng chiroyli yigitdir va qizlarning eng baxtlisi o'shalarga tushadi! Qund bilan atrofingga bir qara-ya, hunari borki odam bekamu ko'st yashaydi. Diplomlilar maoshni oyda bir oladi, hunari bor esa kunda! Sen shunday bo'lib olki, ham hunaring bo'lsin, ham diploming.
         Hamma ota-onanin ham bola tarbiyasida tadbirkor va puxtalik bilan ish yuritadi deb bo'lmaydi. Ular "bizning topganimiz senga bir umr yetadi" deb ovutsalar ham, qiyin yumushlardan seni ayagilari kelib tursa ham, hushyor bo'l, o'zingni tut: bilginki, sen 17-18 yoshga kirgan zahoting ota-onagga haqqing qolmaydi, bu -bir. Mehnatga qobiliyating raso bo'lib turib, uydagilarning hisobiga qorin to'ydirib yurishing o'zida yigitchilik yo'q, bu - ikki. Qolaversa, bu dunyo bevafo, ota-onangni senga bog'lab qo'ygan emas, Qirqqa kirgan ota-ona ham umrining yarmini yashab bo'lgan odam, ularni topganini yeb emas, ularga topganingni yedirishga ulgurib qol! Qoldirgan mollari tog' esa-da barokati bo'lmas va hamisha homtalashdir. Kattalarning borida belingni tikkala, albatta, bir kasbning ustasi bo'lib ol. Eh, bolam-a, ota-onadan keyin hech kim senga ularchalik haridor bo'lmas va qismating uchun jon kuydirmas, xohishlari bo'lsada, o'zlaridan ottiraolmaslar! Suyangichlaring borida g'oz turishni bilib ol, bolajon!
        Hali peshonagda "farzand" degan shirin dushmanlarga ega bo'lish bor. Kundadagi qilichday yoningda ayoling bo'ladi hali! O'shalarning oldida tiling qisiq boshing xam bo'lmasin. Ro'zg'or degan g'or filni ham yutib yuboradi. Ana shu qiyinchiliklarni daf qila oladigan bo'lib g'orga kirgin. Ro'zg'or tavakkaliga oshiq otish o'yini ham emas, og'zini ochib, yeyman-ichaman deb turgan bola-chaqani bir och, bir to'q qoldirib bo'lmaydi. Qora qozoningni qaytatishga yetadigan, soatning chiqqilashiday bir maromda rizq keltiradigan tayinli mashg'uloting bo'lsin. Bilib qo'yki, oting sustlashgan zahoti ayoling oldingga o'tib ketadi. Ro'zg'or tebratishda ayoliga sarbonlikni bergan erkak bizning emasdir! Ayol evlagan ishni udda qilolmay, yer chizib o'tirgan erkak bizning emasdir. "Bo'lar bola boshidan" degan naql esingda tursin. Aybingni yopib turgan ota-onang, ayoling olguvchidir. Bolalaring esa olamga yoyguvchidir, o'g'lonim, ular paydo bo'lguncha puxta bo'lib ol!

Rank: 8Rank: 8

UID
46
Друзья
5
Посты
481
Темы
17
Деньги
807

Лучший постер

Rahmat oldi: 7
Tanbex oldi: 0
Опубликовано 30-1-2012 11:27:36 |Показать все сообщения
                                                 *                  *                     *
            Atrofingga yaxshilab qara, to'rt tarafing o'quvxonadir. Insonni maktab kusisigan emas, hayotning o'zi dono qiladi. Faqat berilib kuzat va astoydil ma'nisini uq! Karvonni buzmay don orqalab yugurayotgan chumoli senga mehnatkashlikni o'rgatadi. Argimchog'ini uzmay uchub o'tayotgan laylaklar intizomdan dars beradi. Zilday asfaltni ko'tarib tashlab, nish urayotgan maysa yashash uchun kurash qanday bo'lishini ko'rsatadi! O'zingni solishtir va ularga ming bor zaifliging uchun har safar uyal, bolam!
        Odamlarni kuzat, kim hammaga yoqayotgan bo'lsa, o'zing kimni havas qilgan bo'lsang, sezdirmay o'shanga taqlid qilaver. Buyuk yangilanishlar hamisha taqliddan boshlangan. Kiyinishu xatti-harakat, yashash tarzigacha yaxshi odamlardan zimdan o'g'irlaginda, o'zingga yuqdirib boraver, kimdan o'rganganing esingdan chiqqan kundan o'sha bilim o'z-o'zingniki hisoblanadi.

Rank: 8Rank: 8

UID
46
Друзья
5
Посты
481
Темы
17
Деньги
807

Лучший постер

Rahmat oldi: 7
Tanbex oldi: 0
Опубликовано 30-1-2012 11:44:33 |Показать все сообщения
                                                 *                  *                     *
         O'g'lonim, hamisha aqli va fe'li o'zingdan kuchlilarga yaqin yur. Tovonlaringni ko'tarib bo'lsada, ularga tenglashmoqqa intil, xudodan astoydil tilab intil, sen hozir bir pokiza vujudsan - ixlos bilan so'rasang, albatta beradi! Xalqning yaxshi gapi bor va u aynan senga taalluqli: "Yuzta ahmoqning  ichida aqlligi bo'lib yurgandan ko'ra, o'nta aqlling ahmog'i bo'lib yur". Shunda yutasan, bolajon!

Rank: 1

UID
117
Пол
Неизвестен
Друзья
0
Посты
11
Темы
1
Деньги
37
Rahmat oldi: 0
Tanbex oldi: 0
Опубликовано 11-2-2012 22:25:39 С мобильного телефона |Показать все сообщения
voy vo'...   juda ko'pku !    ozgina o'qidim qolganini kompiyuterimga ko'chirip oldim , keyin o'qivolaman ...    rahmat !
Чтобы ответить, вам надо авторизироваться в системе Вход | Регистрация

Bog`lanish|Mobil versiya|Arxiv|Teglar|Internet Guzar
Push 2 Check

Quantcast

GMT+5, 23-2-2012 12:04

Powered by Discuz! X2 & Iguzar.uz

Design by NANI

© 2001-2011 Comsenz Inc.

Вернуться к началу